1

Effect.uz internet-nashrining sobiq xodimlari bo`yicha sud hukmi o`qildi

Jinoyat 03.11.2021, 19:28
Teglar: qamoq, Oliy sud
Effect.uz internet-nashrining sobiq xodimlari bo`yicha sud hukmi o`qildi

Bugun, 3 noyabr kuni, Qashqadaryo viloyat sudida sudlanuvchilar E. Tadjibaev (1990 yilda Farg`ona viloyatida tug`ilgan, Effect.uz internet-nashri muxbiri bo`lib ishlagan, hozirda Taftish.uz internet-nashri muxbiri bo`lib ishlaydi), A. Nurimbetov (1982 yilda Navoiy viloyatida tug`ilgan, Effect.uz internet-nashri muxbiri bo`lib ishlaydi), X. Axmedov (1987 yilda Farg`ona viloyatida tug`ilgan, Effect.uz internet-nashri muxbiri bo`lib ishlaydi) va G. Xudoyarova (1977 yilda Surxondaryo viloyatida tug`ilgan, yakka tartibdagi tadbirkor) ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi N. Abdullaev raisligida ko`rib chiqildi.

E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra:

E. Tadjibaev Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybsiz deb e`tirof etilib, Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi (reabilitasiya uchun asoslar) 2-bandiga asosan oqlandi. E. Tadjibaev Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 236-moddasi (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) ga asosan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o`tash belgilandi.

A. Nurimbetov Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlari, 140-moddasi 3-qismi “a” bandi va 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybsiz deb e`tirof etilib, Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan oqlandi. A. Nurimbetov Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 236-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

X. Axmedov Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb e`tirof etilib, Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan oqlandi. X. Axmedov Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 236-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

G. Xudoyarova Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb e`tirof etilib, Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan oqlandi. G. Xudoyarova Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Mazkur hukmdan norozi taraflar, hukm e`lon qilingan kundan, mahkumlar va jabrlanuvchi hukm nusxasi topshirilgan kundan e`tiboran Qashqadaryo viloyat sudi orqali Oliy sudning Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atiga yigirma sutka ichida apellyasiya tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqliligi ma`lum qilinadi.

Sharhlar

Uch nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi

27.03.2020, 18:37

Shu kunga qadar, jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro, Denov tuman va Chirchiq shahar sudlari chiqargan ajrimlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,257-1-moddasi 1-qismi bilan qo`zg`atilgan jinoyat...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1