AsosiyJamiyat

Yangi o`quv yilidan maktablarda xorijiy darsliklar paydo bo`la boshlaydi. Buning afzalligi nimada? 

'Yangi o`quv yilidan maktablarda xorijiy darsliklar paydo bo`la boshlaydi. Buning afzalligi nimada? 'ning rasmi

 2022-2023 -o`quv yilidan boshlab umumta`lim maktablariga jami 45 nomdagi ingliz tili va informatika darsliklari Cambridge  tomonidan chop etiladi. Bu haqda Respublika ta`lim markazi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bu jarayon Xalq ta`limi vazirligi va Amerika Qo`shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan "O`zbekiston Barkamollik uchun Ta`lim dasturi" loyihasi doirasida bo`lib o`tadi. 

Ma`lumotga ko`ra, Cambridge tomonidan ishlab chiqilgan 1-11-sinf Ingliz tili hamda 5-11 -sinfgacha informatika va axborot texnologiyalari fanlari darsliklari mahalliylashtirilib, o`zbek tiliga tarjima qilingan. 

"Buning natijasida O`zbekistonda 6,5 million nafardan ziyod o`quvchilar yuqori sifatli darsliklardan, o`n minglab o`qituvchilar esa yuqori sifatli qo`llanmalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar