AsosiyJamiyat

O`zbek qizlari koinotga nano sun`iy yo`ldosh uchiradi

'O`zbek qizlari koinotga nano sun`iy yo`ldosh uchiradi'ning rasmi

O`zbekistonlik qizlar xalqaro ta`lim dasturi doirasida nano sun`iy yo`ldoshni yig`ib, stratostferaga uchiradi. 

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi ma`lum qildi. 

Unga asosan, joriy yilning 2 noyabr kuni UNICEF, Tech4Impact NNT va O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM - Science, Technology, Engineering and Mathematics) sohalariga qiziquvchi qizlar uchun UniSat xalqaro ta`lim dasturi rasman ishga tushirilgan.

Qizlarning kosmik tadqiqotlarga qiziqishini oshirishga qaratilgan ushbu dastur YuNICEFning O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`izistondagi vakolatxonalari tomonidan qo`llab-quvvatlanadi.

 "Innovasion rivojlanish vazirligi UniSat dasturini qo`llab-quvvatlashdan mamnun. O`zbekiston qizlari ilm-fan, muhandislik va ilg`or texnologiyalar sohasida rivojlanish uchun katta salohiyatga ega va biz qizlarni nano sun`iy yo`ldoshni uchirishda o`z kuchlarini sinab ko`rishga taklif qilamiz, - deydi Innovasion rivojlanish vaziri o`rinbosari Shahlo Turdiqulova. 

 Qayd etilishicha, vazirlikda nano sun`iy yo`ldoshlarni loyihalash va yig`ish uchun barcha shart-sharoitga ega laboratoriya mavjud bo`lib, vazirlik eshiklari yoshlar uchun doim ochiq.

Ma`lumot uchun,  dastur davomida O`zbekistonning barcha viloyatlaridan tanlovdan o`tgan 15-24 yoshli qizlar dasturlash va muhandislik bo`yicha bilimlarini oshirish, shuningdek, jamoada ishlash va loyihalarni boshqarish ko`nikmalarini yaxshilash imkoniyatlariga ega bo`ladilar.

    Boshqa yangiliklar