AsosiyJamiyat

Namangandagi xonadonlardan birida yong`in chiqdi

'Namangandagi xonadonlardan birida yong`in chiqdi'ning rasmi

Joriy yilning 3 noyabr kuni Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limiga shahardagi "Bo`ston" MFY,Shoximardon ko`chasi 8-berk 28-uyda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushgan. 

Zudlik bilan voqea joyiga Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi etib borgan. 

Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar bo`limining ma`lumotiga ko`ra, yong`in natijasida yashash uyini shift va tom qismidan 90 kv.metr joyi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yonib zararlangan.

 Sodir bo`lgan yong`inni yong`in-qutqaruvchilar tomonidan soat 07-59da o`chirilgan. 

Tezkor harakat natijasida Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in-qutqaruvchilari tomonidan 250 kv.metr joyi saqlab qolingan. 

Sodir bo`lgan yong`in natijasida insonlarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo`lish holatlari yuz bermagan. Hozirda mazkur voqea yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda. 

Shu o`rinda, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarni ogohlantirmoqda. 

  "Kuz-qish mavsumida davomida yashash xonadonlari va Halq xo`jaligi maskanlarini isitish maqsadida foydalanilayotgan gaz, elektr isitish asboblarini nazoratsiz qoldirmang. Yo`lda harakatlanayotganingizda yong`in-qutqaruv maxsus avtomashinalari harakatlariga halal bermang! Yong`in xafvsizligi qoidalariga rioya qiling",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar