AsosiyJamiyat

O`zbekistonda oilaviy mehmon uylarning soni qancha? 

'O`zbekistonda oilaviy mehmon uylarning soni qancha? 'ning rasmi

O`zbekistonda oilaviy mehmon uylarining umumiy soni 2365 tani tashkil etadi. 

Turizm va sport vazirligining ma`lum qilishicha, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Respublika bo`yicha turizm salohiyati yuqori bo`lgan 100 dan ortiq qishloq va mahallalarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish, ularda xizmat ko`rsatish turlarini ko`paytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borilgan. 

Natijada yangi ish o`rinlari soni 1489 taga oshirilgan va mamlakat bo`yicha oilaviy mehmon uylarining umumiy soni 2365 taga etkazilgan. 

Xususan, Sirdaryo, Jizzax, Andijon, Farg`ona, Namangan, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrining tuman mahallalarida uyma-uy yurib, aholi o`rtasida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish tartiblari, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda taqdim etiladigan imtiyozlar, imkoniyatlar haqida keng tushuntirish ishlari olib borilib, tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha amaliy ko`mak berilgan.

    Boshqa yangiliklar