"Kapitalbank" ATB aksiyadorlar tarkibida o`zgarish ro`y bergan.
Tadbirkor Oybek Tursunov mazkur bankdagi ulushini 50 foizgacha oshirgan. "Toshkent" respublika fond birjasi ma`lumotlariga ko`ra, birjadan tashqari amalga oshirilgan savdo 29 oktyabr kuni bo`lib o`tgan.
Shu vaqtga qadar tadbirkor "Kapitalbank" ATBning 15,90 foiz oddiy aksiyalariga egalik qilgan, u moliya muassasasining 112 490 703 dona oddiy aksiyasini sotib olgan. Shunday qilib, tadbirkor hozirda 164 927 890 dona oddiy aksiya bilan bankning qariyb 50 foiz aksiyalariga egalik qiladi.
Tadbirkor Oybek Tursunov Prezidentning to`ng`ich kuyovi bo`ladi.






