O`zbekistonda maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalar va 1-sinf o`quvchilarini grippga qarshi bepul emlash rejalashtirilgan. Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublika hududida gripp yuqtirish va uning og`ir asoratlarini oldini olish maqsadida 2 million doza vaksina keltirilgan.
Xabarga ko`ra, barcha maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalar va 1-sinf o`quvchilarini grippga qarshi bepul markazlashgan holda emlash rejalashtirilgan.
Buning uchun respublika miqyosida 2753 ta emlash punktlari tashkil etilgani aytilgan.






