1

Beshariqda ko`mir mahsulotlari sotib olib, pullarini bermay aldagan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 04.11.2021, 15:36
Beshariqda ko`mir mahsulotlari sotib olib, pullarini bermay aldagan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Beshariq tumani. 2021 yilning avgust oyida Y.Q Sh.D.ni ishonchiga kirib, sotmoqchi bo`lgan qo`mir mahsulotlarini 3.800.000 so`mga sotib olishga kelishib, pullarini tez kunda olib kelib berishni aytib, ko`mir mahsulotlarini olib ketib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan ko`mir mahsulotlarini boshqa shaxsga sotib yuborib pullarini o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani huzuridagi tergov bo`lnmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1