AsosiyJamiyat

"INFOLIB UZBEKISTAN-2021" X Milliy axborot-kutubxona haftaligiga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi

'"INFOLIB UZBEKISTAN-2021" X Milliy axborot-kutubxona haftaligiga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi'ning rasmi

Bugun, 4 noyabr kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida "INFOLIB UZBEKISTAN-2021" X Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida o`tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar dasturini yoritishga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Matbuot anjumanida Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, O`zbekiston Milliy kutubxonasi va etakchi axborot-kutubxona muassasalari vakillari, kitobxonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda kitobxonlikni ommalashtirish va mutolaani targ`ib qilish, aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishni takomillashtirish yuzasidan keng ko`lamli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

8-12 noyabr kunlari o`tkazilishi rejalashtirilgan kitobxonlik haftaligi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi axborot-kutubxona markazlarida bo`lib o`tadi. Haftalik 45 ga yaqin tadbirni o`z ichiga olgan.

Haftalik axborot madaniyati darajasini oshirish va respublikaning madaniy merosini asrab-avaylash, mutolaani ommalashtirish, foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlarini ko`rsatishda Internet imkoniyatlarini oshirish, zamonaviy innovasion va ta`lim texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, aholining turli toifalariga xizmat ko`rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirish kabi respublika axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining dolzarb jihatlari bo`yicha mutaxassislar uchun fikr va tajriba almashish maydonchasi bo`lib xizmat qiladi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga atroflicha javob qaytarildi. 

Boshqa yangiliklar