AsosiyJamiyat

Elektr ta`minotida nosozlik sabab Toshkentning qator hududlarida suv ta`minoti uzilib qoldi

'Elektr ta`minotida nosozlik sabab Toshkentning qator hududlarida suv ta`minoti uzilib qoldi'ning rasmi

Poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta`minlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta`minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o`chish holati yuzaga keldi. Shu  tufayli Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik  suv ta`minoti bilan bog`liq uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda "Toshkent shahar suv ta`minoti" MChJ xabar berdi. 

Hozirgi vaqtda elektr ta`minoti qayta tiklandi, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo`yicha tezkor choralar ko`rilmoqda. 2-3 soatda  Toshkent shahri suv ta`minoti o`z maromiga qaytadi.

    Boshqa yangiliklar