O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Muxamadjanovich Sadikov o`z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Eslatib o`tamiz avvalroq, O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning qaroriga asosan Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi («O`zkomnazorat») boshlig`i G`olibsher Ziyaev noto`g`ri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatilgan edi.
05.11.2021 11:35
O`zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi fonida vazir ishdan olindi






