“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filialining Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish hamda Filialning boshqa tegishli bo`limlari mas`ul xodimlari tomonidan joylarda doimiy nazorat - tekshiruvlari o`tkazilib, iste`mol qilingan tabiiy gaz uchun mavjud debitor va kreditor qarzdorlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt”gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tahlillarga ko`ra, aksariyat qarzdor iste`molchilar to`lov intizomi va madaniyatiga to`liq rioya etmasliklari natijasida salmoqli miqdordagi qarzdorliklar yuzaga kelmoqda.
Bu kabi holatlar haqida, “Jismoniy shaxslarga tabiiy gazni etkazib berishni nazorat qilish” bo`limi mutaxassisi Davron Davirov o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
“Aksariyat iste`molchilar hanuz energiya resurslari jumladan, iste`mol qilingan tabiiy gaz uchun o`z vaqtida to`lovlarni amalga oshirish zururligi va bu boradagi davlatimizning bir necha me`yoriy hujjat hamda tartiblarining mazmun - mohiyatini to`liq anglaganlaricha yo`q. Shu maqsadda, har bir aholi iste`molchilarining xondonlariga kirib borar ekanmiz, avvalo, qarzdorlikni oldini olish bo`yicha targ`ibot tadbirlari doirasida tushuntirish ishlarini olib boramiz. Qolaversa, qarzdorlikni kamaytirish maqsadida, mahalla fuqarolar yig`ini raislari va mahalla faollari bilan hamkorlikda o`tkazilayotgan uchrashuvlarda qarzdorlikni kamaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, to`lov intizomiga rioya qilish bo`yicha zarur ma`lumotlar berilmoqda. O`tkazilgan suhbatlar davomida qarzdorligi mavjud iste`molchilarni tarmoqdan uzmaslik, norozichilik kayfiyatlariga yo`l qo`ymaslik maqsadida har bir mahalla fuqarolar yig`ini raislari, vakillari, faollari o`zlariga biriktirgan hududlardagi iste`molchilarni tabiiy gazdan qarzdorligi mavjud bo`lgan taqdirda uni bartaraf etish, to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirmagan taqdirda tarmoqdan uzilishi, bunda qayta ulash uchun jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqqining ikki barobari miqdorida to`lov amalga oshirishi to`g`risida ogohlantirishlar berilishi yo`lga qo`yildi".
Joriy yilning sentyabr oyida aholi iste`molchilaridan 21,7 milliard so`m pul mablag`i undirilgan. Debitor qarzdorligi bartaraf etilmagan tabiiy gaz isteʻmolchilariga jami 134 487 ta ogohlantirish sms xabarnomalari yuborilgan bo`lib, ogohlantirish xatlari talablarini bajarmagan jami 4 485 ta isteʻmolchilar tarmoqdan uzilgan hamda qarzdorlik bartaraf etilgach, qayta ulangan. Bir million so`mdan yuqori qarzdordorligi bo`lgan isteʻmolchilarning qarzini bartaraf qilish maqsadida 615 nafar ya`ni 1,2 milliard so`mlik isteʻmolchilarning hujjatlari Fuqarolik sudlariga taqdim etilgan.
Bugungi kunda tabiiy gaz uchun to`lovlarni amalga oshirishda joylardagi to`lovlarni qabul qilish punktlaridan tashqari, “Click”, “Payme”, “Upay”, “Oson” va “Paynet” kabi ommaviy elektron to`lov ilovalari orqali uylaridan turib ishlatilgan tabiiy gaz uchun hisob - kitoblarni amalga oshirish imkoniyati ham yaratilgan.