AsosiyJamiyat

“Bosh vazir kubogi”: Finalchilar ma`lum bo`ldi

'“Bosh vazir kubogi”: Finalchilar ma`lum bo`ldi'ning rasmi

2019-yil 4-dekabrdagi “O`zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida, mamlakatimizdagi vazirliklar, idoralar va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o`rtasida har yili futbol bo`yicha “Bosh vazir kubogi” musobaqasi o`tkazib kelinmoqda.

Asosiy ish vaqti kompyuter qarshisida o`tadigan, jismoniy faolligi nisbatan cheklangan xodimlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida o`tkazilayotgan ushbu musobaqada bu yil 45 ta jamoa bahslarga kirishdi. Bugun bo`lib o`tgan chorak va yarim final o`yinlaridan keyin musobaqaning hal qiluvchi final o`yinida ishtirok etadigan jamoalar nomi ma`lum bo`ldi.

Chorak final o`yinlarini musobaqaning ikki karra g`olibi va bu yil ham bosh sovringa asosiy da`vogar sanalayotgan Oliy sud hamda Turizm va sport vazirligi jamoalari boshlab berishdi. Uchrashuvda Oliy sud jamoasi katta tashabbusga erishdi va yakunda yirik g`alabaga erishdi. Ahamiyatlisi, joriy yilgi musobaqa davomida shu paytgacha o`z darvozasidan bironta ham gol o`tkazib yubormagan amaldagi chempion Turizm va sport vazirligi xodimlaridan uchta to`p qabul qilib olishdi. Yakuniy natija 7:3, Oliy sud jamoasi foydasiga.

Shuningdek, yarim final bosqichiga “Agro markaz”, Moliya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirliklari jamoalari yo`l olishdi.

Yarim finalda bir-biriga munosib jamoalar to`qnash kelishdi va har ikki o`yinda ham g`olib jamoa penaltilar seriyasi yordamida aniqlandi. Natijalar bilan quyida tanishasiz:

“Bosh vazir kubogi-2021”. ¼ final:

Turizm va sport vazirligi – Oliy sud – 3:6,

Davlat bojxona qo`mitasi – Agro markaz – 0:8

Innovasiya vazirligi – Moliya vazirligi – 0:1

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi – Davlat soliq qo`mitasi – 2:1

½ final

Oliy sud – Agro markaz – 1:1 (pen. 5:4)

Moliya vazirligi – Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi – 0:0 (7:6).

10-noyabr, soat 11:00

3-o`rin uchun:

Agro markaz – Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi

Final, soat 15:00

“Bunyodkor” stadioni

Oliy sud – Moliya vazirligi

Boshqa yangiliklar