AsosiyJamiyat

Samarqandda avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX xodimiga pora bermoqchi bo`lgan shaxsning “niyati” amalga oshmadi

'Samarqandda avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX xodimiga pora bermoqchi bo`lgan shaxsning “niyati” amalga oshmadi'ning rasmi

25 noyabr kuni Samarqand shahri, Bo`stonsaroy ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan "Lacetti" rusumli avtomobil hujjatlarni tekshirish maqsadida to`xtatilgan. Haydovchi, avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurganligi aniqlanib, unga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomobil vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, shundan so`ng, haydovchi avtomobilni jarima maydonidan chiqarib berish evaziga YPX xodimiga 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif qilgan. Xodim unga pora berish jinoyat ekanligini bir necha marotaba tushuntirsada, haydovchi kechroq kelishini aytib ketgan.

Holat yuzasidan xodim viloyat IIB boshlig`iga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Mazkur bildirgiga asosan IIV ShXBB Samarqand viloyati bo`yicha boshqarmasi bo`limi va Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilib, fuqaro 100 AQSh dollari miqdordagi pullarni YPX xodimiga bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar