AsosiyJinoyat

Farg`onada mast erkak o`z xotinini pichoqlab o`ldirdi (Video)

'Farg`onada mast erkak o`z xotinini pichoqlab o`ldirdi (Video)'ning rasmi

Farg`ona viloyati Buvayda tumanida spirtli ichimlik ta`sirida bo`lgan erkak o`z xotinining qotiliga aylandi.

 

Oilaviy nizo tufayli ayol o`z onasining uyiga arazlab ketadi. Erkak qayinonasining xonadoniga mast holatda boradi va turmush o`rtog`i bilan o`zaro janjallashib qoladi.  G`azablangan erkak rafiqasining ko`krak qismiga oshxona pichog`i bilan bir marotaba uradi. Olgan og`ir tan jarohati tufayli ayol voqea joyida vafot etadi. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar