1

Samarqandda 44 yoshli ayolni fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo`lgan "taksi"chi ushlandi (video)

Jinoyat 29.11.2021, 16:26
Samarqandda 44 yoshli ayolni fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo`lgan "taksi"chi ushlandi (video)

Odam savdosi inson sha`ni, qadr-qimmati, kelajagiga tahdid soladigan transmilliy jinoyatchiliklardan biri bo`lib, u o`zining iskanjasiga asosan yoshlar va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va havotir uyg`otmoqda.

Samarqandda o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida ana shunday odam savdosi jinoyatining oldi olindi. 

 

Tezkor tadbirda Samarqand tumani "Yangi hayot" mahallasida yashovchi 32 yoshli xususiy taksi haydovchisi ushlangan. U 44 yoshli ayolni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun Turkiyaga jo`natmoqchi bo`lib, ayoldan 1,500 dollar miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dallar bilan ushlandi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1