AsosiyJamiyat

UzAuto Motors sotuvi to`xtatilgan Captiva-5 uchun kompensasiya to`lashni boshladi

'UzAuto Motors sotuvi to`xtatilgan Captiva-5 uchun kompensasiya to`lashni boshladi'ning rasmi

UzAuto Motors AJ Chevrolet Captiva 5 avtomobilini etkazib berish bo`yicha bekor qilingan shartnomalarning mablag`larini  qaytaradi va kompensasiyani amalga oshiradi. Bu haqda Jamiyat Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Avvalroq, UzAuto Motors  AJ kompaniyasi 2021 yilning 20 noyabr sanasida Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini etkazib berish bo`yicha shartnomalar to`xtatilgani haqida rasmiy bayonot bergandi.

 Bayonotda mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar bo`yicha to`langan barcha mablag`lar to`liq qaytariladi. Shuningdek, kompaniya qo`shimcha ravishda oldindan to`lov summasining 5 foizini kompensasiya sifatida taqdim etilishi haqida keltirilgandi.

Ma`lum qilinishicha, Chevrolet Captiva 5 avtomobili bo`yicha jami 461 ta shartnoma puli to`langan. Ayni paytda, 207 nafar xaridor  Chevrolet Captiva 5 avtomobili o`rniga boshqa avtomobilni olishga qaror qilishdi, 161 nafari esa to`langan mablag`ni qaytarilishi uchun ariza bilan murojaat qilganlar va allaqachon pullarini qaytarib olishgan. 41 nafar mijozlar kechagi kundan boshlab  kompensasiya sifatida taqdim etilgan 5 foizlik to`lov summasini olishdi.

Qolgan xaridorlar ham o`z mablag`lari va kompensasiyani yaqin ikki-uch kun ichida olishadi, deyilgan xabarda. 

    Boshqa yangiliklar