1

Buxoroda 43 yoshli erkak o`z ayolini ko`krak qafasiga pichoq urib, o`ldirdi

Jinoyat 01.12.2021, 09:28
Buxoroda 43 yoshli erkak o`z ayolini ko`krak qafasiga pichoq urib, o`ldirdi

Buxoro Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i hamda viloyat prokurori G`ijduvon tumanida sodir bo`lgan ushbu mudhish qotillik jinoyatini jamoatchilik ishtirokida muhokama qilishdi.

Viloyat IIB axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 27 noyabr kuni taxminan soat 12:00 larda 1978 yilda tug`ilgan R.N. va uning turmush o`rtog`i 1975 yilda tug`ilgan R.Z. lar o`zlari istiqomat qilib kelayotgan xonadonda o`zaro kelishmovchilik sabab janjallashib qolishadi.  Janjal vaqtida R.Z. o`z ayolini chap ko`krak qafasi yuqori qismiga oshxona pichog`i bilan 1 marotaba urib og`ir tan jarohati etkazadi.

Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki ma`lumotiga ko`ra, marhuma R.N. o`tkir sanchib kesuvchi jism ta`sirida chap ko`krak yuqori qismidan olgan jarohati oqibatida kelib chiqqan o`tkir ichki va tashqi qon ketishi natijasida vafot etganligi aniqlangan. 

Holat yuzasidan sudga oid tibbiy, kriminalistika hamda biologiya ekspertizalar tayinlangan bo`lib, tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro R.Z.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va gumon qilinuvchi O`zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1