AsosiyJamiyat

Qishning ikkinchi kuni O`zbekistonda havo 28 darajagacha isiydi

'Qishning ikkinchi kuni O`zbekistonda havo 28 darajagacha isiydi'ning rasmi

"O`zgidromet" ertaga – 2 dekabr kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumotni berdi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 22-24° iliq bo`ladi.  

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyatlarda changli bo`ron hamda chang g`uborlari ko`tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo`ladi.  

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyatlarda changli bo`ron hamda chang g`uborlari ko`tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.  

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi. ba`zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyatlarda changli bo`ron hamda chang g`uborlari ko`tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 19-24° iliq bo`ladi.  

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi. ba`zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyatlarda changli bo`ron hamda chang g`uborlari ko`tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.  

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.  

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar