Siz ish haqi va boshqa daromadingizdan o`zingizni, shuningdek 26 yoshga to`lmagan turmush o`rtog`ingiz va farzandlaringizni O`zbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlarida ta`lim olishi uchun to`lovni amalga oshirgan bo`lsangiz mazkur imtiyozdan foydalana olasiz.
️2021-yil 14-oktyabrdan mazkur imtiyoz professional ta`lim tashkilotlari – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ham tadbiq etildi.
Imtiyoz professional va oliy ta`lim tashkilotlarida o`qish uchun to`lov:
- jismoniy shaxsning o`z mablag`lari;
- tijorat banklari tomonidan berilgan ta`lim kreditlari;
- yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag`lar hisobidan amalga oshirilganda qo`llaniladi.