Joriy yilning noyabr oyida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahri, E.Alako`z ko`chasida joylashgan dehqon bozori oldida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Mamedov tomonidan "Matiz" rusumli avtomobil to`xtatilgan. YPX xodimi o`zaro muloqot vaqtida bosh kiyimini echgan va haydovchidan puflashini so`ragan.
Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi️ mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligini ma`lum qildi.






