Toshkentda maktab o`quvchisi yo`l o`rtasida cho`milgani haqida xabar bergan edik. Holat Mirzo Ulug`bek tumanida yuz bergandi.
Mirzo Ulug`bek nomidagi MAFIFIDUM maktabning o`quvchilari 17 yoshli T.S. va O.M. Buyuk ipak yo`li ko`chasining avtomobillar harakati qismida hayoti uchun havfli bo`lgan trendni amalga oshirgan.
Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari bo`yicha komissiyasida ushbu o`quvchilar harakatiga qonuniy chora ko`rildi. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 47-moddaning 1-qismiga asosan har bir o`quvchining ota-onasi jarimaga tortildi.






