AsosiyJamiyat

Abduqodir Toshqulov Eron elchisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

'Abduqodir Toshqulov Eron elchisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi'ning rasmi

O`zbekiston Oliy ta`lim vazirligining ma`lum qilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat ta`lim muassasalari o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri hamkorlik masalasi muhokama qilingan.

"Eron bilan oliy ta`lim sohasidagi hamkorlik to`g`risida gap ketganda, albatta, fors tili va fors adabiyoti alohida o`rin egallashini ta`kidlab o`tish lozim. Eron mutaxassislari bilan ushbu fanlarning o`quv-uslubiy jihatlari bo`yicha biz doimiy ravishda tajriba almashib kelganmiz",-deydi vazir.

Shuningdek, ikki tomon ham texnika va muhandislik sohasidagi fanlarni rivojlantirishga va ushbu sohalarda kadrlar tayyorlash bilan bog`liq bo`lgan hamkorlikni yanada jadallashtirishga e`tibor qaratgan.

Shu jumladan,  energetika, muqobil (alternativ) energiya manbalari, kimyo sanoati texnologiyalari, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, qishloq xo`jaligi, manbashunoslik, tibbiyot hamda farmasevtika yo`nalishlarida hamkorlikni yo`lga qo`yish masalasi  muhokama qilingan.

    Boshqa yangiliklar