Joriy yilning o`tgan 11 oy davri mobaynida Qashqadaryo viloyati bo`yicha 7 436 ta, ya`ni 210,25 gektar bo`sh er uchastkalari xatlov natijasida aniqlangan. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, aniqlangan bo`sh er uchastkalari "ERELEKTRON" axborot almashinuv tizimiga kiritilgan va 3 276 ta, ya`ni 103,56 ga. er uchastkalari elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga yuborilgan. Shundan 1077 ta, ya`ni 43,76 ga bo`sh er uchastkalari onlayn auksion savdosida tadbirkorlarga sotilgan.
Hududlar kesimida ko`rilganda
Eng ko`p bo`sh er uchastkalari Chiroqchi tumani hududida aniqlangan. Bu 1073 ta, ya`ni 21,14 gektarni tashkil etdi. Dehqonobodda esa eng ko`p bo`sh er uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan 506 ta, ya`ni 10,60 gektar. Eng ko`p bo`sh er uchastkalari auksionda sotilgan hudud — Kasbi tumani. Tumanda 138 ta bo`lgan 2,57 gektar er uchastkalari auksion savdolarida tadbirkorlarga sotilgan.