AsosiyJamiyat

Toshkentda yo`lovchiga qo`pol muomala qilgan avtobus haydovchisidan tushuntirish xati olindi

'Toshkentda yo`lovchiga qo`pol muomala qilgan avtobus haydovchisidan tushuntirish xati olindi'ning rasmi

Joriy yilning 18 noyabr kuni ertalabki soat 09:44 da, "1-Avtobus saroyi" MChJ tasarrufidagi 55-sonli yo`nalishda harakatlanuvchi avtobus haydovchisi B.T yo`lovchiga nisbatan qo`pol muomalada bo`lganligi haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

"Toshshahartransxizmat"  rahbariyati avtobus haydovchisi B.T dan yo`lovchiga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lganligi uchun tushuntirish xati olgan hamda  kelgusida yana shu kabi holatlar takrorlansa qat`iy intizomiy jazo qo`llanilishi haqida ogohlantirgan.

Shu bilan birga, "1-Avtobus saroyi" MChJ  ma`muriyati tomonidan haydovchi va chiptachilarga harakat davomida yo`lovchilarga xushmuomalada bo`lgan holda sifatli transport xizmatini ko`rsatish to`g`risida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga va info@tashbus.uz orqali murojaat qilishingiz hamda avtobus haydovchisi amalga oshirayotgan qoidabuzarlikni suratga olib avtobus raqamini yuborish so`rolmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar