AsosiyJamiyat

32 mln. so`mlik subsidiya, uy-joy qurish va ta`mirlash uchun kredit, qarindosh bo`lmagan fuqarolarning kafilligi. Yangi tizim haqida

'32 mln. so`mlik subsidiya, uy-joy qurish va ta`mirlash uchun kredit, qarindosh bo`lmagan fuqarolarning kafilligi. Yangi tizim haqida'ning rasmi

Bugungi kungacha ipoteka kreditlari va subsidiya olishda maydoni – 70 kvadrat metrgacha, narxi – 400 million so`mgacha cheklovlar bor edi. Bundan buyon ipoteka kreditlari shartlaridan ushbu cheklovlar chiqarib tashlanadi. Yangi joriy etilayotgan shu va shu kabi engilliklar haqida prezident Shavkat Mirziyoev raisligidagi videoselektor yig`ilishida ma`lum qilindi.

Endi:

sotib olinadigan xonadonning maydoni va narxidan qat`iy nazar, ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 million so`m subsidiya to`lanadi;

ehtiyojmand aholi tomonidan kreditni qaytarishda foizning davlat tomonidan qoplab beriladigan subsidiya miqdori barcha hududlar uchun bir xilda 10 foiz etib belgilanadi (hozirda viloyatlarda 10 foiz, Toshkent shahrida 12 foizdan yuqori qismi qoplab berilmoqda);

subsidiyalar yakka tartibdagi uy-joy qurish va ta`mirlash uchun olingan kreditlar uchun ham beriladi. Ya`ni, uy-joy hovlisini kengaytirish, eski uyini buzib, 2 qavatli qilish orqali zamonaviy qiyofaga keltirish istagida bo`lgan fuqarolarimizga kreditning 10 foizdan yuqori qismiga subsidiya beriladi;

aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, yangi qurilgan uylar to`g`risidagi ma`lumotlar, ularni rasmiylashtirish, subsidiya va kredit ajratish xizmatlarini bitta joyda ko`rsatish markazlari tashkil etiladi.

“Odamlarimiz qaysi hududda yoki qaysi quruvchida maqsadli ipoteka shartlariga to`g`ri keladigan xonadon bor deb, o`ylanib yurmasligi kerak. Va yana ipoteka kreditini olishda, qarindosh bo`lmagan fuqarolarning kafil bo`lishiga ruxsat bersak, bu ham adolatdan bo`ladi”, dedi prezident.

Shuningdek, kelgusi yildan ijtimoiy ahvoli og`ir xotin-qizlar, chin etimlar va nogironligi bo`lganlarga ikkilamchi bozordan ham uy-joy olishlariga imkoniyat yaratiladi.

Yig`ilish davom etmoqda.

 

                  Sardorbek Rahmonqulov

    Boshqa yangiliklar