AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini ma`lum qildi

'"O`zgidromet" bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini ma`lum qildi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda "O`zgidromet" ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, faqatgina Qoraqalpog`istonda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati biroz pasayadi va 15-20° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-12° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar