AsosiyJinoyat

Toshkentda qariyb 160 million so`mlik noqonuniy tamaki mahsulotlarining aylanmasiga chek qo`yildi

'Toshkentda qariyb 160 million so`mlik noqonuniy tamaki mahsulotlarining aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent viloyati hududida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi rasmiy sayti xabar berdi

Tadbir davomida poytaxtga yo`l olgan fuqaro R.M. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtomashina tezkor kuzatuvga olindi va belgilangan tartibda to`xtatilib avtomashina ko`zdan kechirildi.

Natijada, ushbu avtomashinada aksiz markalari bilan markalanmagan va tegishli hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 159,5 million so`mlik 15 950 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar