AsosiyJinoyat

Qoraqalpog`istonda MChJ nomidagi qariyb 1 milliard so`mga teng mulkni o`zlashtirib olganlar ushlandi

'Qoraqalpog`istonda MChJ nomidagi qariyb 1 milliard so`mga teng mulkni o`zlashtirib olganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo`jayli tumani bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi.  Ular tadbir davomida g`ayrioddiy jinoyatni fosh etishdi.

Qayd etilishicha, holat quyidagicha sodir bo`lgan.

“K.M.” va “N.S.” MChJlarning sobiq rahbarlari oldindan til biriktirib, jamiyatning 51,9 foiz ulushi “L.F.” MChJga tegishli bo`lishiga qaramasdan, umumiy qiymati 991,7 mln so`mlik ishlab chiqarish sexi va qo`shimcha imoratlarini soxta yig`ilish bayonnomasini rasmiylashtirib, qalbaki hujjatlar orqali mulkni boshqa fuqaroning nomiga o`tkazganlar.

Ma`lumotga ko`ra, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar