2021 yil O`zbekiston tomonidan sog`liqni saqlash sohasiga 21 trillion so`mdan ziyod mablag` yo`naltirilgan.
Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, shuningdek, joriy yil tibbiyot muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga 50 milliard so`m, dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta`minlash maqsadida 1,7 trillion so`m mablag` ajratilgani aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilgan.
"Eng muhimi, ajratilayotgan har bir mablag` sohada echilmay kelayotgan muhim masalalarni hal etishga yo`naltirilganini hisobga olsak, bu raqamlar ortida qanchadan-qancha ijobiy o`zgarishlar turganini tasavvur qilish qiyin emas",-deya alohida ta`kidlaydi vazirlik.






