AsosiyJamiyat

Jizzaxda "Lacetti" yonib ketdi. Sababi...  

'Jizzaxda "Lacetti" yonib ketdi. Sababi...   'ning rasmi

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lumotiga ko`ra,  "101" qisqa raqami orqali M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo`lining Jizzax viloyati G`allaorol tumani hududidan o`tuvchi 1118-kilometrida yo`l-transport hodisasi natijasida yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida xabar kelib tushadi.

Darhol aytilgan joyga G`allaorol tumani FVBdan qutqaruvchilar bo`linmasi yuboriladi. Bo`linmalar manzilga soat 06:51 da etib borishgach, ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yong`in soat 06:57 da to`liq bartaraf etilgan. 

Aniqlanishicha, "Toshkent-Termiz" yo`nalishida harakatlanib ketayotgan "Lacetti"ning shu yo`nalishdagi "HOWO" yuk avtomobili bilan to`qnashuvi oqibatida yong`in yuzaga kelgan.

"Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ko`rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar