Toshkent shahar IIBB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari haydovchilar tomonidan yo`l harakati qoidalari buzilishi muammosiga bo`lgan e`tiborni kuchaytirish maqsadida poytaxtda bir qator profilaktik tabirlar olib bormoqda.
Xususan, Toshkent yo`llarida xizmat avtomobillari kuzatuvida YTHlar oqibatida shikastlangan transport vositalari yuklangan evakuatorlar harakatlandi. Ushbu ishlardan yo`l harakati qoidalari buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish ko`zda tutilgani aytiladi.
"Tadbir davomida poytaxtdan Fargona viloyatiga yo`lovchi tashuvchi haydovchilar bilan uchrashuv o`tkazildi. Muloqot davomida yo`l-patrul xizmati xodimlari haydovchilar bilan yo`l harakati qoidalariga rioya qilish zarurligi va transport vositasidagi yo`lovchilar hayoti uchun mas`uliyat yuqoriligi haqida so`z bordi",- deya ma`lum qiladi Toshkent shahar IIB.