AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qozog`iston AKT sohasida hamkorlik o`rnatdi. Endilikda...

'O`zbekiston va Qozog`iston AKT sohasida hamkorlik o`rnatdi. Endilikda...'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qozog`iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog`ida tomonlar hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida istiqbolli yo`nalishlarni muhokama qilishdi, deya ma`lum qiladi  AKT vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, uning natijalari bo`yicha ikki davlat vazirligi o`rtasida kelgusida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida maxsus hujjat imzolangan.

Mazkur hujjat qator dolzarb va muhim yo`nalishlar bo`yicha o`zaro munosabatlarni kuchaytirishi nazarda tutadi.

Xususan:

• AKT sohasida o`zaro tajriba va ilg`or amaliyot bilan almashish;

• milliy aloqani ta`minlash maqsadida keng polosali optik tolali tarmoqlarni, 5G aloqani kengaytirish, sandartlash va mazkur texnologiyalarni rivojlantirish;

• elektron hukumatni rivojlantirish, shu bilan birga electron davlat xizmatlarni joriy etish;

• startaplarni rivojlantirish va AKT yo`nalishlari uchun kadrlarni tayyorlash sohalarida o`zaro tajriba bilan almashish;

• AKT sohasida eksport salohiyatini oshirishda o`zaro tajriba bilan almashish;

• pilot loyihalar shaklida sun`iy intellekt, katta ma`lumotlar, Internet buyumlari va aqlli shahar texnologiyalarni qo`llash;

• davlat organlari faoliyatini reinjiniring qilish (qayta yo`lga qo`yish) va ularni raqamli shaklga o`tkazish bo`yicha o`zaro tajriba almashish;

• Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish doirasida baholash va tahlil qilish bo`yicha, shu jumladan milliy loyihalarni amalga oshirish, ularning natijalarni ko`zatib boorish va maqsadli ko`rsatqichlarga erishish uchun raqamli ishlanmalarni yaratish,

• dasturiy ta`minotni, raqamli texnologiyalarni, eshittirish content, xajmli ko`rish va gologramma texnologiyalarni ishlab chiqish;

• raqamli rivojlanish va raqamli tayyorgarlik bo`yicha darajalarni baholash (indikatorlarni) usullarni ishlab chiqish;

• xalqaro maydonda birgalikda loyihalarni ilgari surish.

 "Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa`y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar"-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar