AsosiyJamiyat

"Humo Arena"da rejalashtirilgan xorijiy tik-tokerlar ishtirokidagi konsert bekor qilindi

'"Humo Arena"da rejalashtirilgan xorijiy tik-tokerlar ishtirokidagi konsert bekor qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil 25 dekabr kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" muz saroyida xorijiy tik-tokerlar ishtirokida konsert bo`lib o`tishi haqida xabarlar paydo bo`ldi va jamoatchilikning keskin noroziligiga uchradi.  

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF- 6044-son Farmoni 2-ilovasi 32-bandiga muvofiq, konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish vakolatli bo`lgan — Ichki ishlar vazirligi, Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, vazirlik yuqoridagi kabi shou-konsert tomoshalarini tashkil etish Madaniyat vazirligi tomonidan emas, xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishini ta`kidlagan.

Vazirlik "Tik Tok Fest"  shou-konsertini ma`naviy jihatdan yoshlar ongiga, dunyoqarashiga salbiy ta`sir etadi, deb hisoblaydi. Zero, bir necha ming yillardan buyon shakllanib, qon-qonimizga singib ketgan insoniy fazilatlar, odob-axloq me`yorlari ta`sirida paydo bo`lgan tarbiyamiz ham buni rad etadi, - deyiladi munosabatda.   

Yoshlar ishlari agentligi matbuot kotibi Nodir Abduqodirov "Humo arenada rejalashtirilgan xorijiy tik-tokerlar ishtirokidagi konsert o`tkazilmaydi", deya post qoldirdi.

Agentlik tomonidan mazkur vaziyat bo`yicha o`rganishlar olib borilgan va konsert bekor qilinganlinini ma`lum qilgan.  

"Humo arena" mas`ullarining ma`lumot berishicha, aynan shu kuni saroyda boshqa tadbir o`tkaziladi", deydi Nodir Abduqodirov.

    Boshqa yangiliklar