AsosiyJinoyat

Andijonda bir necha marotaba sudlangan 18 yoshli xavfli residivist yana jinoyat sodir etdi

'Andijonda bir necha marotaba sudlangan 18 yoshli xavfli residivist yana jinoyat sodir etdi'ning rasmi

2021 yil 21 noyabrdan 22 noyabrga o`tar kechasi noma`lum shaxs Andijon shahri Boburshoh ko`chasida joylashgan 45 yoshli I.S.,ga tegishli tilla va kumush buyumlar sotiladigan do`konga g`ayriqonuniy ravishda kirib, mazkur do`kondan 70.000.000 so`mlik kumush buyumlarni, 150 AQSh dollariga teng bo`lgan choyshablar, tarozi, kassa apparati, terminal va bir dona qora rangli “barsetka”ni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda. 

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam bir necha marotaba sudlangan xavfli residivist bo`lmish 18 yoshli I.M. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan I.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u, gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar