AsosiyJamiyat

Madhiya ijro etilgan paytda harbiy yoki maxsus kiyimdagilar qo`lini ko`ksiga qo`yib tinglaydimi yo bosh kiyimiga?

'Madhiya ijro etilgan paytda harbiy yoki maxsus kiyimdagilar qo`lini ko`ksiga qo`yib tinglaydimi yo bosh kiyimiga?'ning rasmi

Adliya vazirligi  davlat madhiyasini ijro etish vaqtlari va tartibini eslatib o`tdi. 

Qonunchilikka ko`ra, davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilganda hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik turib va o`ng qo`l kaftini ko`krakning chap tomoniga qo`yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo`lini bosh kiyimiga qo`yib tinglaydi.

️Qonunda belgilangan tartiblarni buzish fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming so`mgacha), mansabdor shaxslarga esa 3 baravaridan 7 baravarigacha (810 ming so`mdan 1 mln 890 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

 Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish esa jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi hamda BHMning 25 baravarigacha (6 mln 750 ming so`mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

 

    Boshqa yangiliklar