YHXBB Toshkent shahri, Mirzo Ulug`bek tumanida "Spark" rusumli avtomobilda yong`in yuzaga kelgani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun tahminan soat 19:40 larda KXAY ko`chasida haydovchi "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetidagi ustunga urilgan. Zarb oqibatida avtomobilda yong`in yuzaga kelgan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgani aytiladi. Ma`lumotga ko`ra, hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
"Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. Shu o`rinda barcha haydovchilardan yo`llarda ehtiyotkor bo`lishlarini va qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz",-deyiladi xabarda.






