YHXBB Qarshi shahrida "Tico" hamda yuk avtomobili ishtirokida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 6 dekabr kuni soat 14:20 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida sodir bo`lgan.
Haydovchi, 1935 yilda tug`ilgan R.R. "Tico" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, o`zi bilan bir yo`nalishda, yon qatorda bo`lgan haydovchi, 1963 yilda tug`ilgan M.T. boshqaruvidagi "Howo" rusumli yuk avtomobilining yo`ligi chiqib ketishi oqibatida to`qnashuv sodir bo`lgan.
Ma`lumotga ko`ra, YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
"Hodisa yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






