Qochoq Bugruslan shahrida ushlandi
Qashqadaryo viloyatida qotillik, bosqinchilik jinoyatlarini sodir etib, qochib yurgan shaxs Rossiyada ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Rasmiy xabarda aytilishicha, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j,i,o,p” bandlari va 164- moddasi 3-qismi “v” bandida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir qilganligi uchun Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan qidiruv e`lon qilingan Kasbi tumani “Mug`lon” MFYda ro`yxatda turuvchi H. H. Respublika IIV JQBB va viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan hamkorlik natijasida Rossiya Federasiyasi Orenburg viloyati Bugruslan shahridan ushlandi.






