AsosiyJamiyat

Kelasi hafta boshida O`zbekistonda harorat keskin sovib, qor yog`ishi kutilmoqda

'Kelasi hafta boshida O`zbekistonda harorat keskin sovib, qor yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

Kelasi hafta boshida respublika hududlarida nam, qorli nisbatan sovuq havo kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologik ilmiy tahlillar kanalida xabar berildi. 

Ma`lum qildinishicha, 12 dekabr kuni dastlab shimol, 13-14 dekabr kunlari respublikaning boshqa hududlarida yaxshigina yog`ingarchilik(asosan, qor)lar kutiladi. Tog`larda qor bo`ronlar va ko`p miqdorda qor yog`ishi mumkin.

12-13 dekabr kunlari katta masshtabli nam havo oqimlari, respublika hududlariga bemalol kirib kelishi uchun vaziyat yuzaga kelgan. Oqimlar g`arb va shimoli-g`arbdan kirib kelayotgani bois, sovuq va nam havo oqimidir. 13-14 dekabr kunlari respublika aholisining katta qismi qish manzarasiga guvoh bo`lishi mumkin. 14 dekabrdan sovuq antisiklon ta`siri hududlarda seziladi. Shimol hududlarda havo harorati minimumi kechalari -15 daraja sovuqgacha pasayadi.  

Yaqin kunlarda Rossiyaning shimoli, shimoli-g`arbi va shimoli-sharqida arktik sovuq havo oqimlari rivojlanishi prognozi berilmoqda. O`zbekistonda bu dekabr oyi ikkinchi o`n kunligi ikkinchi pentada(15-20 dekabr)sida ham respublikada biroz past harorat kuzatilishiga olib kelishi mumkin, deyiladi prognozda. 

    Boshqa yangiliklar