AsosiyJamiyat

Navoiyda yuk mashinasiga borib urilgan "Damas" haydovchisi va yo`lovchisi vafot etdi

'Navoiyda yuk mashinasiga borib urilgan "Damas" haydovchisi va yo`lovchisi vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Aytishlaricha, kecha Navoiyda «Qoraqata» posti yaqinida haydovchi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasi ag`darilib ketgan” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda.

Holat yuzasidan  Navoiy vilotyai IIB rasmiy ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 7 dekabr kuni Konimex tumani hududidan o`tuvchi  A-379 avtomobil yo`lida “Damas” rusumli avtomashina “Zarafshon-Navoiy” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib borib, qarama qarshi tomonga chiqib, qarama qarshi yo`nalishida harakatlanib kelayotgan “DAF” rusumli yuk mashinasi bilan to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.

 Natijada “Damas” rusumli avtomashinada bo`lgan haydovchi va bir nafar yo`lovchi vafot etgan.  

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar