Toshkent shahrida 2021 yilning 1 yanvaridan 30 noyabrigacha bo`lgan vaqt oralig`ida piyodalar ishtirokida 524 yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, yanvar—noyabr oylarida poytaxtda sodir bo`lgan YTHlar oqibatida 32 kishi olgan tan jarohatlari tufayli halok bo`lgan. Yana 487 kishiga turli og`irlikdagi badan shikastlari etgan.
"Bu kabi fojialar har doim ham haydovchilar aybi bilan sodir bo`lmaydi: ba`zida piyodaning o`zi belgilangan qoidalarni buzib, yo`lda kutilmagan omilga aylanmoqda", — deyiladi IIBB xabarida.
Qayd etilishicha, 2021 yil 11 oyi davomida yo`l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan jami 101 ming 861 ta ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.






