AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkent viloyatida 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Toshkent viloyatida bitta avtobus va 4 ta engil mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 9 dekabr kuni soat 07:30 larda, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududidan o`tgan "Toshkent-Olmaliq" avtomobil yo`lining 36-kilometrida, tumanli ob-havo sharoitida yo`lning ko`rinish masofasi kamligi sababli bir yo`nalishda oldinma-ketin harakatlanib kelayotgan:

- "Damas";

- "Nexia";

- "Spark";

- "Nexia-3" rusumli avtomobillar hamda "Isuzu" rusumli avtobus ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

To`qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Mazkur YTH yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan hodisa joyida surishtiruv olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar