AsosiyJamiyat

Haftaning juma kunlari "Afrosiyob" poezdlari qatnovi bittaga ko`payadi

'Haftaning juma kunlari "Afrosiyob" poezdlari qatnovi bittaga ko`payadi'ning rasmi

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan 2021 yil 10 noyabrdan boshlab, haftaning juma kuni Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarining qatnovi yo`lga qo`yiladi.  Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur zamonaviy poezd o`tgan bir oy mobaynida faqat haftaning shanba va yakshanba kunlari qatnovini amalga oshirib keldi.

10 dekabrdan boshlab haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari ertalab soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi Samarqand, Navoiy temir yo`l vokzallarida ham to`xtab o`tib, soat 12:47 da Buxoro 1 temir yo`l vokzaliga etib boradi.  

Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi ushbu kunlarda soat 15:02 da Buxoro 1 temir yo`l vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzaliga kirib keladi.  

 

    Boshqa yangiliklar