1

Toshkentda yo`lto`sarlar paydo bo`ldi

Jinoyat 09.12.2021, 15:57
Toshkentda yo`lto`sarlar paydo bo`ldi

Toshkentda  20 yoshli S.M. va N.Sh.lar o`zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida 17 yoshli M.A.,ning 1.700.000 so`mlik “Redmi 9S”  telefon apparati, 35.000 so`mi hamda shu erda bo`lgan 17 yoshli T.I., ning 3.200.000 so`mlik “Samsung A-51” telefonini qo`lga kiritib hodisa joyidan yashirinishgan. Voqea joriy yilning 25 noyabr kuni soat 23:00 larda Uchtepa tumani 23-mavze hududida joylashgan tungi klub yonida sodir etilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma`lum qilishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, mazkur jinoyatni sodir etgan S.M. va N.Sh.lar qo`lga olinib, jabrlanuvchilarga tegishli bo`lgan “Redmi 9S” va “Samsung A-51” telefon apparatlari ularning yonidan topilgan va ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan S.M. va N.Sh.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib S.M. va N.Sh.lar prosessual tartibda ushlanganlar.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1