1

Samarqandda fuqaro profilaktika inspektorining mashinasini yoqib yubordi (video)

Jinoyat 09.12.2021, 16:44
Samarqandda fuqaro profilaktika inspektorining mashinasini yoqib yubordi (video)

Samarqandning Kattaqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro profilaktika inspektorining mashinasini yoqib yubordi. 

Ma`lum bo`lishicha, voqea joriy yilning iyul oyida sodir etilgan. Mast fuqaroning jamoatchilik joyida janjal ko`taryotganligi ustidan inspektorga shikoyat kelib tushadi. Profilaktika inspektori o`z hamkasbi bilan murojaatni o`rganish uchun fuqaroning uyiga boradi. Ammo u erda tortishuv yana boshlanadi. Fuqaro inspektorning qonuniy talablariga bo`ysinmay, qo`lida pichoq bilan ularga tashlanadi. Janjalni to`xtatish uchun inspektorlar tuman ichki ishlar bo`limidan tergov-tezkor guruhni chaqirishadi. Bu paytda fuqaro ularning qarovsiz qolgan mashinasini yoqib yuborishga ulgurgan. 

Sud qarori bilan fuqaroga nisbatan 4 yilu, 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1