AsosiyJamiyat

Toshkentda 15 yoshli haydovchi boshqargan "Cobalt" boshqa mashina bilan to`qnashib yonib ketdi

'Toshkentda 15 yoshli haydovchi boshqargan "Cobalt" boshqa mashina bilan to`qnashib yonib ketdi'ning rasmi

Internet tarmog`ida tarqalayotgan Shayxontohur tumanida ro`y bergan yo`l transport hodisasi to`g`risidagi xabarlar bo`yicha IIBB  quyidagilarni ma`lum qildi.

2021-yil 8 dekabr kuni taxminan soat 22:00 da Shifo-nur va Talabalar ko`chalari kesishmasida “Cobalt” avtomobilini tegishli huquqsiz boshqargan 15 yoshli A.M. qarama-qarshi harakat yo`lga chiqib, 33 yoshli R.I. boshqaruvidagi “Matiz” avtomobiliga to`qnashgan.

To`qnashuvdan so`ng “Cobalt” harakatni boshqaruvsiz davom etib daraxtga to`qnashgan va yonishni boshlagan. Yong`in voqea joyiga etib kelgan yong`in xavfsizligi xodimlari tomonidan o`chirildi.

To`qnashuv oqibatida ikkala haydovchi ham badan shikastlari bilan tibbiyot muassasasiga etkazildi. Ularning holati qoniqarli.

Ushbu fakt bo`yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov tekshiruv o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar