AsosiyJamiyat

O`zboshimcha imorat qurishga oid qariyb 15 000 ta qonun buzilish holati aniqlandi — Kadastr agentligi

'O`zboshimcha imorat qurishga oid qariyb 15 000 ta qonun buzilish holati aniqlandi — Kadastr agentligi'ning rasmi

Joriy yilning 11 oyi davomida er uchastkalarining o`zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu uchastkalarda o`zboshimchalik bilan imorat qurilisha oid 15 416 ta (2 496,5 ga) qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Bu haqda Kadastr agentligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, shundan:

  •  Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarda 8 395 ta (1 911 ga);
  • aholi punktlari erlarda 6 331 ta (487 ga)
  •  sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan erlarda 17 ta (2 ga);
  • o`rmon fondi erlarda 31 ta (3 ga);
  •  suv fondi erlarda 83 ta (2 ga),
  • zaxira erlarda 559 ta (91 ga)ni tashkil etadi.

Aniqlangan er qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo`yicha qo`yidagicha choralar ham ko`rilgan:

  • 15 416 ta er qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilgan;
  • er qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 8 500 ta (1 173 ga) taqdimnomalar kiritilgan;
  •  2 655 ta (260,3 ga) holatda sudlarga kiritilgan da`vo arizalariga asosan 496 ta (26,7 gektar) holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo`yicha) qabul qilindi, 2 159 ta (233,6 ga) holat bo`yicha sud jarayoni davom etmoqda;
  •  huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko`rish uchun 4 720 ta (805,9 ga) holat yuzasidan prokuratura organlariga ma`lumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari ko`rilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar