AsosiyJamiyat

O`zbekiston "Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmaslik" reytingida 139 ta davlat ichida 138-o`rinni egalladi

'O`zbekiston "Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmaslik" reytingida 139 ta davlat ichida 138-o`rinni egalladi'ning rasmi

Deputatlarga taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, Jahon odil sudlov loyihasi xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan yuritiladigan "Huquq ustuvorligi" indeksining "Qonunlarga rioya qilish" indikatorining "Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmasligi" subindikatorida (2021 yil hisobotida) O`zbekiston maksimal 1 balldan 0.25 ball bilan 139 ta mamlakat ichida 138- o`rinni egallagan.

Bu haqda Qonunchilik Palatasining navbatdagi majlisida ishtirok etayotgan deputata Rasul Kusherbaev xabar qildi. 

"Pozor"!!! Xususiy mulk daxlsizligi bo`yicha xalqaro hamjamiyatda O`zbekistonning mana shu kulguli  ahvolga tushishiga hissa qo`shgan barcha amaldorlarga "raxmat"!" - deya munosabat qoldirgan deputat. 

 Eslatib o`tamiz, bugun bo`lib o`tayotgan Qonunchilik Palatasining qonunlar loyihalari muhokamasiga bag`ishlangan majlisi 48 minutlik jonli efirdan so`ng uzib qo`yildi va bunga Boks bo`yicha O`zbekiston chempionatini efirga  uzatish sabab bo`lgani aytildi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar