AsosiyJamiyat

Farg`onada Toshkent IIBga tegishli xizmat mashinasi qoida buzdi

'Farg`onada Toshkent IIBga tegishli xizmat mashinasi qoida buzdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda “Lacetti” rusumli, davlat raqami 01 572 VSC bo`lgan maxsus transport vositasining haydovchisi yo`l harakati qoidalarini buzganligi holati aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan IIV YHXBB Matbuot xizmati munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, video Farg`ona viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan o`rganilgan va mazkur avtomobil haydovchisiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 128 prim 6 moddasi tartibida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

    Boshqa yangiliklar